O‘zbekiston, Toshkent – Podrobno.uz. O‘smirlar (17 yoshgacha) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yunon-rum va ayollar kurashi vakillari 5 medalni qo‘lga kiritib, jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Vyetnamda davom etayotgan U17 Osiyo chempionatining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik sportchilar munosib natija ko‘rsatib, jamoa xazinasiga bitta oltin, bitta kumush va uchta bronza medalini qo‘shdi.
Oltin medalni 80 kilogrammgacha vazn toifasida Abdulaziz Xolmirzayev qo‘lga kiritdi. Kumush medalni Sardor Mahmudov (65 kg) oldi. Bronza medallari esa Qodirjon Fozilov (71 kg), Zaytuna Saparova (40 kg) va Siysagul Sarsenbayeva (61 kg) ga nasib etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoasi 161 ball to‘plab, Eron jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning o‘smirlar dzyudo bo‘yicha terma jamoasi Osiyo Kubogida jami 39 medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni olgan edi.
Source: podrobno.uz