Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Podrobno.uz ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro Numbeo ma’lumotlar bazasi Toshkentda yashash narxini baholadi. Unga ko‘ra, to‘rt kishilik oilaning ijara haqisiz oylik xarajatlari taxminan 23,5 million so‘mni, bir kishi uchun esa 6,5 million so‘mni tashkil etadi.

Hisob-kitoblar tashkilotning dunyo shaharlari bo‘yicha narxlar ma’lumotlariga asoslangan. Bu summaga oziq-ovqat, transport, aloqa, kommunal xizmatlar, dam olish va boshqa asosiy xarajatlar kiradi.

Toshkent uchun alohida ko‘rsatkichlar qatorida ovqatlanish xarajatlari ham keltirilgan. Arzon restoranda tushlik taxminan 70 ming so‘m, o‘rta darajadagi joyda ikki kishilik kechki ovqat esa 400 ming so‘m atrofida baholanmoqda.

Shuningdek, bazada aloqa xarajatlari ham ko‘rsatilgan. Mobil tarif oyiga taxminan 49 ming so‘m, uy interneti esa 150 ming so‘m atrofida.

Avvalroq O‘zbekistonda yashash minimumi qayta hisoblab chiqilgani xabar qilingan edi. O‘sha paytda chegaraviy qiymat bir kishi uchun oyiga 715 ming so‘mni tashkil etgan.

Source: podrobno.uz