Buxoro viloyati Jondor tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvand moddalar saqlovchi o‘simliklarni noqonuniy yetishtirish holati aniqlandi.
Mahalliy fuqaroning uyi va tomorqasida o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida 600 dan ortiq nasha va ko‘knori butalari topildi. O‘simliklarning balandligi 50-70 santimetrga yetgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan o‘simliklarning umumiy og‘irligi 9 kilogrammdan oshgan.
Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining taqiqlangan ekinlarni yetishtirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Huquqbuzarga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid qilmoqda.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida giyohvand o‘simliklarni noqonuniy yetishtirishning ikki holati aniqlangan edi. Ushbu holatlarda 300 dan ortiq ko‘knori butalari va taxminan 3 kilogramm quritilgan xomashyo olib qo‘yilgan.
Source: podrobno.uz