Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +34…+36 daraja, janubda +38…+40 darajagacha bo‘ladi.

2-4 iyun kunlari respublika bo‘yicha yoz faslining boshi uchun odatiy ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kechasi va kunning birinchi yarmida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin +28…+33 darajagacha, janubda +34…+37 darajagacha pasayadi.

5 iyunda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 1-5 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 1 iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +34…+36 daraja bo‘ladi. 2-4 iyunda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asta-sekin +29…+31 darajagacha pasayadi.

5 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +31…+33 daraja bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Source: www.gazeta.uz