Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Sergeyli tumanidagi avtobozorida savdo qatorlarini demontaj qilish ishlari boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtoehtiyot qismlari sotiladigan qatorlarning buzilayotgani aks etgan.

Kadrlarda demontaj jarayoni tungi vaqtda amalga oshirilayotgani ko‘rinadi. Atrofdagi odamlar vaziyatni kuzatib turishibdi, texnika ovozi eshitilmoqda. Hokimiyatning rasmiy izohi hozircha berilmagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sergeyli avtobozori o‘rnida park barpo etilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Toshkent shahar hokimiyati Podrobno.uz muxbiriga bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgandi.

Source: podrobno.uz