Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning jahon chempionatida ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibini rasman e’lon qildi. Ro‘yxatga 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 10 nafar yarim himoyachi va 3 nafar hujumchi kiritilgan.

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev. Himoyachilar: Abduqodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Abdulla Abdullayev, Avazbek O‘lmasaliyev, Jahongir O‘rozov, Behruz Karimov.

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, Dostonbek Hamdamov, Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev, Sherzod Esanov. Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev, Azizbek Omonov.

Avvalroq terma jamoaning AQShdagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga 30 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkib olib ketilgan edi. Yakuniy ro‘yxatga kiritilmagan futbolchilar orasida Sherzod Temirov, Jasur Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov va Umarali Rahmonaliyev bor.

Milliy terma jamoa JCHdagi dastlabki uchrashuvini 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da Mexikoda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bu O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi bilan ahamiyatlidir.

Source: www.gazeta.uz