Transport vazirligi xabariga ko‘ra, 8-iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistondagi Issiqko‘l dam olish hududiga mavsumiy avtobus qatnovlari tiklanadi.
Qatnovlar Uzautotrans Service kompaniyasi tomonidan Toshkent — Cho‘lpon-ota (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Reyslar Yutong avtobuslarida bajariladi.
Bir yo‘nalish uchun chipta narxi 365 000 so‘mni tashkil etadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar va chiptalarni band qilish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: [raqamlar keltirilmagan].
Source: www.gazeta.uz