O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4–5 iyun kunlari Sankt-Peterburgga ishchi tashrif bilan boradi. Ushbu tashrif davomida u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PIIF) tadbirlarida qatnashadi.
Kreml rasmiy saytiga ko‘ra, tashrifning asosiy voqeasi forum doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv bo‘ladi. Muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari videokonferensiya orqali O‘zbekistondagi integrallashgan atom elektr stansiyasining birinchi energobloki qurilishiga rasmiy start beradi.
2026 yilgi iqtisodiy forum “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin forumning yalpi majlisida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Shuningdek, sessiyalar doirasida Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hassan, Xitoy Raisi o‘rinbosari Xan Chjen va Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Al Saudning chiqishlari rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida bo‘lajak AES reaktori binosi poydevorini quyish ishlari boshlangan edi. Avvalroq “Rosatom” va “O‘zatom” radioaktiv chiqindilar bilan ishlash va yadroviy xavfli obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish sohasida hamkorlik memorandumi imzolagan edi.
Source: podrobno.uz