Bosh prokurorning tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Nodirjon Nabidjanovich Aripov Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi (MJB) boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Nodirjon Aripov Olmazor tuman MJB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, turli yillarda u Yangihayot va Uchtepa tuman MJB bo‘limlarini boshqargan.
Toshkent shahar MJB boshqarmasining sobiq rahbari Axrorbek Arziyev esa, o‘z navbatida, Andijon viloyati prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Source: uznews.uz