O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilham Tuah bin Illias bilan uchrashdi. Elchi diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya hamkorligi, shuningdek, ta’lim, turizm va madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning so‘nggi yillarda dinamik rivojlanishi qayd etildi.
Baxtiyor Saidov elchining O‘zbekiston va Malayziya munosabatlarini mustahkamlashdagi hissasini yuqori baholab, unga kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar va barcha ezgu tilaklarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ilham Tuah bin Illias diplomatik vakolatxonani 2023-yil iyul oyidan boshqargan.
Source: uznews.uz