Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 220 umumta’lim maktabida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilishini ma’lum qildi.
Tanlangan maktablar futbol o‘yinlarini tomosha qilish uchun barcha zarur sharoitlar bilan jihozlanadi. O‘quvchilar, ota-onalar va barcha istovchilar O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Toshkent shahrida o‘yinlarni 12 ta maktabda tomosha qilish mumkin: 293-, 110-, 27-, 133-, 317-, 228-, 168-, 314-, 12-, 135-, 255- va 329-maktablar. To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.
O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlar taqvimi (Toshkent vaqti bo‘yicha): O‘zbekiston — Kolumbiya — 18 iyun, 07:00; O‘zbekiston — Portugaliya — 23 iyun, 22:00; O‘zbekiston — Kongo — 28 iyun, 04:30.
Source: uznews.uz