Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rasmiy xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tergovchi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaroga nisbatan jinoyat ishini uning foydasiga hal qilib, tugatib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u mazkur ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming dollar talab qilgan.

DXX xodimlari tomonidan Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat gumonlanuvchining otasidan so‘ralgan 40 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Keyingi bosqichda advokatdan 30 ming dollarni qabul qilib olgan IIB tergovchisi ham qo‘lga olingan.

Hozirda tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish), advokatga esa 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ikkala gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Source: www.gazeta.uz