Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan transport vositasini import qilishda bir kalendar yil davomida faqat bitta avtomobilga muvofiqlik sertifikati berishni nazarda tutuvchi norma bekor qilindi. Bu prezidentning “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi, deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, reglamentdagi muvofiqlik sertifikatini “bir kalendar yil davomida bir martadan ko‘p emas” tarzida berishni nazarda tutuvchi norma chiqarib tashlandi.

Farmon bilan, shuningdek, 2029-yil 1-iyulga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, qurilish ishlarida foydalaniladigan maxsus texnikalar hamda laboratoriya va instrumental ko‘rik asbob-uskunalarini import qilish bojxona bojidan ozod etildi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu imtiyoz tatbiq etiladigan texnikalar ro‘yxatini tasdiqlashi kerak.

Source: www.gazeta.uz