Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil may oyida yillik inflyatsiya 5,5 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning may oyida bu ko‘rsatkich 8,7 foiz edi. Oylik narxlar o‘sishi esa 0,2 foizni tashkil qildi. Inflyatsiyaning sekinlashishi energetika resurslari narxlaridagi yuqori bazaviy effektning hisobdan chiqishi bilan izohlanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasida suyaksiz mol go‘shti 3,6 foizga, suyakli mol go‘shti 2,9 foizga, qo‘y go‘shti 2,9 foizga, shakar 1,5 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, guruch va yorma 1,6 foizga, tuxum 0,1 foizga, parranda go‘shti 1,5-1,6 foizga arzonlashdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarida mavsumiy omillar ta’sirida bodring 39,5 foizga, pomidor 34,7 foizga, baqlajon 23,6 foizga arzonlashdi. Limon 19 foizga, olma 2,6 foizga qimmatlashdi.

Transport sohasida benzin narxlari 0,6 foizga oshdi, propan 1,9 foizga arzonlashdi. Shaharlararo avtobuslar va taksi narxlari 1 foizga oshdi. Samolyot chiptalari 1,3 foizga arzonlashdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori inflyatsiya Qashqadaryo viloyatida (5,8 foiz), eng past esa Farg‘ona viloyatida (5,0 foiz) qayd etildi.

Source: kun.uz