Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Xalq qabulxonasi vazirlik, idora va hokimliklarning aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyatini o‘rgandi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

O‘rganishlarda 41 ta davlat organi tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi. Xalq qabulxonasi vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish va mas’ullarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga nazorat xatlari yuborgan.

Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida murojaatlarning ijro muddatlarini eng ko‘p buzgan davlat organlari reytingi quyidagicha: [reyting keltirilmagan].

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari ortidan idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilgan. Natijada 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, yana 19 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, 600 ga yaqin murojaatni ko‘rib chiqish muddatlarini buzgan va kamchiliklarni bartaraf etmagan 13 ta vazirlik va idoraga oid hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 1-aprel kuni prezident davlat organlarining aholi bilan muloqoti samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzolagandi. Xalq qabulxonasi davlat organlariga ko‘rsatmalar berish, ulardan ma’lumotlar so‘rash va talablar bajarilmasa materiallarni prokuraturaga yuborishi mumkin. Hujjat tafsilotlari haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin.

Source: www.gazeta.uz