Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi jahon chempionati oldidan so'nggi tayyorgarlik o'yinini Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium" stadionida o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu o'yin terma jamoamiz uchun jahon chempionati startiga qadar bo'lgan yakuniy sinov bo'ladi. Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rahbarligida so'nggi tayyorgarliklarni yakunlamoqda.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasi o'zining ilk o'yinini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi. Muxlislar terma jamoamizdan katta umid kutmoqda.

Source: uznews.uz