Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan va ID-kartaga ega bo‘lgan yigitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Ichki ishlar vazirligi axborot tizimidan harbiy ro‘yxatga olish uchun uzatiladi.

Mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinadi. Endi tibbiy ko‘riklar tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida o‘tkaziladi.

2026-yil 10-iyundan boshlab Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga uy-joy ijarasi uchun to‘lanadigan oylik pul kompensatsiyasi 25 foizga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa boshqarmalari hamda tuman va shahar mudofaa bo‘limlarida ishlaydigan fuqarolik xodimlarining maoshi, chaqiruvgacha boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlaridan tashqari, 2026-yil 10-iyundan 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan esa 50 foizga oshiriladi.

Oshirish amaldagi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi: 2026-yil 10-iyundan koeffitsiyent 1,2, 2027-yil 1-yanvardan esa 1,7 ni tashkil etadi.

Source: uznews.uz