Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 2025-yilda birinchi nikohga kirishning o‘rtacha yoshi erkaklarda 25,6, ayollarda esa 21,4 yoshni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yigirma yil ichida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yillarning boshida erkaklar o‘rtacha 24 yoshda turmush qurgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib bu ko‘rsatkich 25,6 yoshga, 2020-yilda esa 26,4 yoshga ko‘tarilgan.

So‘nggi yillarda tendensiya biroz o‘zgardi: 2024-yilda o‘rtacha yosh 26,2, 2025-yilda esa 25,6 yoshni tashkil etdi.

Ayollarda dinamika barqarorroq bo‘lgan. 2000-yilda birinchi nikoh yoshi 21,4 yosh, 2010-yilda 22,4, 2015-yilda 22,5 yoshga yetgan. 2020-yilda ko‘rsatkich 22,3 yoshga, 2024-yilda esa 21,8 yoshga tushgan. 2025-yilda esa yana 2000-yillar boshidagi darajaga – 21,4 yoshga qaytdi.

Avvalroq O‘zbekistonda kech otalik holatlari qayd etilgan edi: Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 48 nafar erkak 70 yoshdan oshgan holda ota bo‘lgan.

Source: podrobno.uz