Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

13-iyun kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismida (fasadi) yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yong‘in haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 10:21 da xabar kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 10:23 da yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in boshlanganidan so‘ng qutqaruvchilar ko‘p qavatli uyda yashovchi barcha fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan. Yong‘in soat 11:00 da qurshab olinib, 11:10 da to‘liq o‘chirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Source: www.gazeta.uz