Toshkent shahri hokimligi poytaxt aholisini 15-iyun kuni kuchli shamol hamda ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishidan ogohlantirdi.
Shu munosabat bilan hokimlik quyidagi ehtiyot choralariga amal qilishni so‘radi: ochiq joylarda qolmaslik, deraza va eshiklarni mahkamlash, qurilish va boshqa baland inshootlar yonida yurmaslik.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shamol sharqdan 3−8 metr/sekund tezlikda esadi, 12−14 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Aholiga avtomobillarni daraxtlar va reklama konstruksiyalari ostida qoldirmaslik, elektr simlari uzilgan joylardan uzoq turish tavsiya etiladi.
Source: www.gazeta.uz