Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki arafasida Expedia Group va Asialuxe Travel hamkorlikda muxlislar uchun mehmonxona va turistik xizmatlarni bron qilish imkoniyatini yaratdi.

Asialuxe.uz sayti va Asialuxe Mobile ilovasi orqali foydalanuvchilar AQSh, Kanada va Meksikadagi mehmonxonalar, apartamentlar, transferlar, avtomobil ijarasi va boshqa turistik xizmatlarni bron qilishlari mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi joylarda o‘tkaziladi: 18-iyun – O‘zbekiston – Kolumbiya, Mexiko, “Azteka” stadioni; 23-iyun – Portugaliya – O‘zbekiston, Xyuston, NRG Stadium; 27-iyun – DR Kongo – O‘zbekiston, Atlanta, Mercedes-Benz Stadium.

Bronlash Expedia global tizimi orqali amalga oshiriladi, bu esa buyurtmalarning ko‘pchiligiga darhol tasdiq olish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, mehmonxonalarga talab tez o‘sadigan chempionat davrida muhimdir.

Asialuxe Travel ekotizimi orqali bron qilishning asosiy afzalligi – barcha xizmatlarni milliy valyutada, ya’ni o‘zbek so‘mida to‘lash imkoniyatidir.

Muxlislar turar joyni narxi, joylashuvi, toifasi, reytingi va sharhlari bo‘yicha tanlashlari, shuningdek, Asialuxe Travel mutaxassislarining kechayu-kunduz qo‘llab-quvvatlashidan foydalanishlari mumkin.

“O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishi butun mamlakat uchun tarixiy voqeadir. Expedia Group bilan hamkorlikda biz muxlislarga milliy terma jamoani jahon chempionatida qo‘llab-quvvatlash uchun qulay sharoit yaratishga intilamiz”, – deydi Asialuxe Travel vakillari.

Mehmonxona va turistik xizmatlarni Asialuxe Travel ofislari, asialuxe.uz sayti va App Store hamda Google Play’da mavjud Asialuxe Mobile ilovasi orqali bron qilish mumkin.

Expedia Group – dunyodagi eng yirik turistik kompaniyalardan biri va onlayn sayohat bron qilish sohasida tan olingan yetakchi. Kompaniya global turar joy va turistik xizmatlar tarmog‘iga kirish imkonini beradi.

Asialuxe Travel – Markaziy Osiyodagi eng yirik turistik xolding va mintaqadagi turizm sohasining yetakchilaridan biri. Kompaniya xalqaro turizm, sayohatchilar uchun raqamli xizmatlarni rivojlantiradi va jahon bozorining yetakchi o‘yinchilari bilan hamkorlik qiladi.

Source: kun.uz