Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Arsenale International bosh direktori Raffaele Breski, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi G‘ayane Umerova va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Rahmetov o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Hujjat O‘zbekistonning madaniy va turistik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihani muvofiqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydi.

Yangi hashamatli poyezd Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘lab, xalqaro sayohatchilarga mamlakatning tarixiy merosi va Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlari bilan tanishishning yangi formatini ochadi.

Source: uznews.uz