Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida fuqaro Sh.M.ga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan ish bo‘yicha sud hukmi chiqarildi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri sud qaroriga asosan xabar beradi.

Ish materiallariga ko‘ra, taksichi yo‘lovchi Sh.X.ni manziliga yetkazish vaqtida, u uxlab qolganidan foydalanib, uning ko‘kragiga tegib ketgan.

Sudda Sh.M. o‘z aybini tan olmadi va Sh.X.ning mast holda bo‘lgani sabab uxlab qolganini, o‘zi esa uni uyg‘otish va mashinadan chiqishga yordam berishga harakat qilganini, hech qanday axloqsiz harakat qilmaganini da’vo qildi.

Sud ishni o‘rganib chiqib, Sh.M.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (Jinsiy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Source: uznews.uz