Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Uimbldon-2026 turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida O‘zbekiston uch nafar tennischi bilan namoyon bo‘ladi.

Kamilla Rahimova reyting bo‘yicha asosiy to‘rga yo‘llanma olgan bo‘lsa, Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva saralash bosqichida uchta g‘alaba qozonib, asosiy to‘rga chiqishdi. Uchala tennischi ham avvalroq Rossiya sharafini himoya qilgan va keyinchalik sport fuqaroligini o‘zgartirgan.

“Katta dubulg‘a” turkumidagi to‘rt turnirdan biri bo‘lgan Uimbldon London shahrida 29-iyundan 12-iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi rekord darajadagi 64,2 million funt sterlingni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir. Yakkalik bahslari g‘oliblari 3,6 million funt sterling oladi.

O‘zbekistonlik tennischilarning Uimbdondagi eng yaxshi natijasi Denis Istominga tegishli bo‘lib, u 2012-yilda 1/8 finalga chiqqan edi.

Source: kun.uz