O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi so‘nggi 34 yil ichida 9 yilga oshib, 75,4 yoshga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
1991 yilda bu ko‘rsatkich 66,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 1995 yilga kelib 69,1 yoshga, 2000 yilda esa 70,8 yoshga ko‘tarilgan. Keyingi yillarda o‘sish davom etdi: 2005 yilda 71,8 yosh, 2010 yilda 73 yosh, 2015 yilda 73,6 yosh qayd etilgan.
2020 yilda ko‘rsatkich 73,4 yoshgacha biroz pasaygan, ammo keyin yana o‘sishni boshlagan. 2024 yilda o‘rtacha umr ko‘rish 75,1 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda 75,4 yoshga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda O‘zbekistonda 70 yoshdan oshgan 48 nafar erkak ota bo‘lgan.
Source: podrobno.uz