O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-mart oylarida magistral temir yo‘l transporti orqali 28 million tonna yuk tashilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p tashilgan yuklar: turli ruda – 3,9 million tonna, neft mahsulotlari – 3,4 million tonna, don va un mahsulotlari – 3,3 million tonna, ko‘mir – 2,7 million tonna, qora metallar – 1,8 million tonna va qurilish yuklari – 1,5 million tonna.
Shuningdek, temir yo‘l orqali 800 ming tonnaga yaqin kimyoviy va mineral o‘g‘itlar, 710 ming tonnadan ortiq sement, 630 ming tonnaga yaqin o‘rmon yuklari, 266 ming tonna kartoshka, sabzavot va mevalar, shuningdek, 8,9 million tonna boshqa yuklar tashilgan.
Avvalroq, 2025-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l yuk tashish hajmi 106,4 million tonnani, tranzit tashishlar esa 12 million tonnani tashkil etgani ma’lum qilingan edi.
Source: podrobno.uz