Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Qorasuv-6 massivida ko‘p qavatli uy qurilishi chog‘ida pudratchi tashkilot yana ekologik mojaroga aralashdi. Ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan ushbu tashkilot bu safar ko‘p yillik daraxtlarni shikastladi va qurilish maydonchasida yong‘in yuz berdi.

Tekshiruvga fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaati sabab bo‘ldi. Unda pudratchi tashkilot avvalgi ma’muriy choralarga qaramay, sog‘lom ko‘p yillik daraxtlarni nobud qilishda davom etayotgani qayd etilgan.

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Mirzo Ulug‘bek tumani inspektorlari joyiga chiqib, tekshiruv o‘tkazdi. Natijada qonunbuzarlik faktlari aniqlandi.

Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya qilishni ta’minlamagan mas’ul mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Unga 10,3 million so‘m miqdorida jarima solindi. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar esa 28,8 million so‘m deb baholandi.

Source: podrobno.uz