Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

28-iyun kuni soat 15:17 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali Qibray tumanidagi sport majmuasining tomi yonayotgani haqida xabar kelib tushdi.

Yong‘in Toshkent davlat agrar universitetining sport majmuasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga tezda qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgan.

Yong‘in soat 15:59 da chegaralangan va 16:15 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Source: kun.uz