O‘zbekistonning 15 yoshgacha bo‘lgan kurashchilari Tailandning Pattaya shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ajoyib natija ko‘rsatdi. Jamoa umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa U15 va U20 yosh toifalarida o‘tkazildi. O‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal sohiblari: Abubakr Qurbonov (38 kg gacha), Mahmudjon Ahmedov (41 kg gacha) va Bobur Sayfulloyev (44 kg gacha). Kumush medalni Ruslan Ovezmuratov (68 kg gacha) qo‘lga kiritdi.
Bronza medallari: Mirislom G‘ofurov (48 kg), Abdulaziz Xotamov (52 kg), Behruz Abdupattoev (62 kg) va Temur Uralov (85 kg) nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yengil atletikachi Anvar Anvarov Xorvatiyadagi xalqaro turnirda 8,29 metrga sakrab, O‘zbekiston rekordini yangilagan edi.
Source: podrobno.uz