Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

28-iyun kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Dream Park istirohat bog‘ida keng ko‘lamli elektr uzilishi yuz berdi. Ushbu uzilish natijasida “Charxpalak” attraksionida 32 nafar fuqaro qolib ketgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezda yetib borib, attraksionda qolgan fuqarolarni xavfsiz tarzda olib tushirgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyun kuni kechqurun Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida keng ko‘lamli elektr uzilishi sodir bo‘lgan edi. Energetiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, buning sababi “Yuksak” podstansiyasidagi nosozlik bo‘lib, 110 kV kuchlanishli ikkita elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chib qolgan.

Source: www.gazeta.uz