Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning 25-iyundagi qaroriga ko‘ra, O‘zbek Milliy akademik drama teatri binosi kapital ta’mirlanadi.
Teatr binosini mukammal ta’mirlash va atrof hududni obodonlashtirish ishlariga Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,87 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Loyiha bo‘yicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilandi.
O‘zbek Milliy akademik drama teatri tarixi 1914-yilda, Abdulla Avloniy tomonidan “Turon” teatr truppasi tashkil etilgan davrdan boshlanadi. 1929-yilda teatrga Hamza nomi berilgan, 1933-yilda esa unga akademik teatr maqomi berilgan. Prezidentning 2001-yil 21-sentabrdagi farmoni bilan teatr O‘zbek Milliy akademik drama teatri deb qayta nomlangan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rekonstruksiyaga muhtoj bo‘lgan poytaxtdagi bir qator teatrlarga tashrif buyurib, bu masalani shaxsan nazoratga olishini ma’lum qilgan edi.
Source: www.gazeta.uz