Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Uzbekistan Airports kompaniyasi Eksport nazorati va chegara xavfsizligi dasturi (EXBS) doirasida 12 ta LEIDOS gaz analizatorini qabul qildi.

Uskunalar topshirilishi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va AQSh Transport xavfsizligi boshqarmasi (TSA) bilan hamkorlik natijasidir.

Yangi qurilmalar mamlakatdagi barcha xalqaro aeroportlarda qo‘llaniladi. Ular yo‘lovchi bagaji, qo‘l yuki, yuk va pochta jo‘natmalarini tekshirishda portlovchi moddalar izlarini aniqlashga yordam beradi.

Uzbekistan Airports raisi o‘rinbosari (aviatsiya xavfsizligi va rejim bo‘yicha) Behzod Yusupov amerikalik hamkorlarga hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma loyihalar yangi texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar ishini yaxshilash va O‘zbekistonda aviatsiya xavfsizligini rivojlantirishga yordam beradi.

Source: uznews.uz