Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, agar sud yoki tergov organlari ilk bor jinoyat sodir etgan, katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan yoki unchalik og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun mahalla fuqarosiga nisbatan jazoni yengillashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirsa, uni qayta tarbiyalash mas’uliyati “mahalla yettiligi”ga yuklanadi.

Zarur hollarda “yettilik” a’zolari bunday shaxsning kasbiy ta’lim olishi, ishga joylashishi yoki o‘qishga yo‘naltirilishiga ko‘maklashishi kerak bo‘ladi.

Agar garovga olingan fuqaro uch yil davomida yangi jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmasa, uni qayta tarbiyalashda faol ishtirok etgan “mahalla yettiligi” a’zolari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

Yangilik 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.

Source: uznews.uz