Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Orol dengizi mintaqasida 672 ta droma-go‘zal (Chlamydotis undulata) qushlari tabiiy muhitga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Qushlar Qozog‘istondagi Shayx Mansur bin Zoid Al Nahayon vakolatxonasiga qarashli ixtisoslashtirilgan ko‘paytirish markazida yetishtirilgan. Kerakli tayyorgarlikdan so‘ng ular Orolbo‘yiga olib kelinib, tabiiy muhitga qo‘yib yuborildi.

Qo‘mita ta’kidlashicha, droma-go‘zal populyatsiyasini tiklash Orolbo‘yi mintaqasi uchun alohida ahamiyatga ega. Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz Qoraqalpog‘istonning tabiiy ekotizimlarida jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. Natijada cho‘l va dasht landshaftlariga xos ko‘plab hayvon va qushlarning tabiiy yashash maydonlari qisqarib, ularning soniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Droma-go‘zal noyob turlardan biri bo‘lib, alohida muhofazaga muhtoj. Uning tabiiy muhitga qaytarilishi tabiiy muvozanatni tiklash va Orolbo‘yining biologik xilma-xilligini saqlashga yordam beradi. Avvalroq Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va “Falcon Hunting Solutions” MChJ hamkorligida Qoraqalpog‘iston hududida har yili 2000 dan 3000 tagacha noyob qushlarni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborish rejalashtirilgani xabar qilingan edi.

Source: uznews.uz