Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Rayyona kids nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi tomonidan tarbiyalanuvchiga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lingani aks etgan video tarqaldi.

Unda tarbiyalovchilar bolalarga tazyiq o‘tkazgani, xususan, bolalardan birining og‘ziga mato tiqqani va yana birining qo‘lini eshik bilan siqqanini ko‘rish mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bildirishicha, holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan, huquq tartibot organlari mas’ullari tarkibida Ishchi guruh tuzilgan.

Vazirlik voqeaning barcha tafsilotlariga aniqlik kiritilishi va tegishli tartibda ushbu holatda kasb etika qoidalariga rioya etmagan, holatga javobgar bo‘lgan barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga qonun doirasida chora ko‘rilishini ta’kidladi.

“Shuningdek, litsenziya talablariga javob bermaydigan, videodagi holat aks etadigan har qanday maktabgacha ta’lim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

Source: www.gazeta.uz