O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mning muomalaga kiritilganiga 30 yil to‘ldi. 1994-yil 1-iyulda amalga oshirilgan bu qadam 16-iyundagi farmon bilan mustahkamlangan edi.
Dastlabki banknotlar 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 so‘m nominalida chiqarilgan. 1997-yilda 200 so‘mlik, 1999-yilda 500 so‘mlik, 2001-yilda 1000 so‘mlik, 2013-yilda 5000 so‘mlik, 2017-yilda 10 000 va 50 000 so‘mlik, 2019-yilda 100 000 so‘mlik, 2021-yilda 2000 va 20 000 so‘mlik, 2022-yilda esa 200 000 so‘mlik banknotlar muomalaga kiritilgan.
Gazeta.uz muharrirlari ushbu sana munosabati bilan so‘m banknotlari asosida maxsus test tayyorladi. Testda valyuta tarixi va dizaynidagi o‘zgarishlar haqida savollar mavjud.
Source: www.gazeta.uz