Farg‘ona viloyatida yashovchi olti yoshli Abubakr Rossiyaning Moskva shahrida yolg‘iz qolib ketgan edi. Uning ota-onasi migratsiya qoidalarini buzgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborilgan.
Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bola vaqtincha qo‘shnilar qaramog‘ida bo‘lgan. Vaziyat haqida ma’lumot tegishli idoralarga yetkazilgan.
Bolani O‘zbekistonga qaytarish ishlari Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyatidagi filiali va Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan tashkil etildi.
Abubakr aviakompaniya xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga yetkazildi. Aeroportda uni qarindoshlari kutib olib, topshirildi.
Migratsiya agentligi xorijda bo‘lish qoidalarini buzish nafaqat migrantlarning o‘zi, balki ularning bolalari uchun ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini eslatdi.
Avvalroq Moskvada ushlangan yana bir voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan edi.
Source: podrobno.uz