O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida mamlakatdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarining umumiy daromadi 3,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
O‘rtacha kunlik daromad 119,3 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, kunlik savdo hajmlarida ozgina tebranishlar kuzatilgan, ammo umumiy ko‘rsatkichlar barqarorligini saqlab qolgan.
Iyun oyida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 19 947 386 ta tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lib, o‘rtacha kunlik operatsiyalar soni 664 913 tani tashkil etdi.
Naqd pulsiz to‘lovlar tarkibida bank kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar ulushi 90,3% (107,7 milliard so‘m), «Moment» kartalari orqali 6,4% (7,6 milliard so‘m), yoqilg‘i kartalari orqali esa 3,3% (3,9 milliard so‘m) ni tashkil etdi.
Source: kun.uz