Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘quv markazlari uyushmasiga 2026-yilgacha 100 million dollar jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 27-fevral kuni Surxondaryo viloyatidagi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Mablag‘lar tadbirkorlarga arzon kreditlar, subsidiyalar va binolar ijara to‘lovi uchun kompensatsiya sifatida yo‘naltiriladi.

Prezident 24-fevralda yoshlar bilan muloqotda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan edi. Uyushma a’zolariga binolar ijarachilari ijaradan olinadigan daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod etiladi.

O‘qituvchilarni AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborish taklif etilmoqda.

Ta’lim eksperti Komil Jalilov ushbu tashabbusni “xavotirli signal” deb atadi, chunki davlatning aralashuvi raqobat va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Source: www.gazeta.uz