Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Juma kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Shanba kuni harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +28…+33 daraja, janubda +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida +23…+28 daraja atrofida saqlanadi. Kechalari va erta tongda harorat +13…+18 daraja bo‘ladi.

6-sentabr, yakshanba kuni harorat 2−3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu kunlarda ob-havo qulay bo‘lib, dam olish uchun mo‘ljal olish mumkin.

4−5-sentabr kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati juma kunduzi +30 daraja, shanba kuni +30…+32 daraja, yakshanba kuni +32…+34 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Kechalari harorat +16…+18 daraja bo‘ladi.

Source: www.gazeta.uz