Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent metropoliteni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan yo‘lovchilar oqimining oshishini hisobga olib, poyezdlar harakatini kuchaytirdi. Barcha liniyalarda intervallar qisqartirildi va bekatlarda qo‘shimcha navbatchilik tashkil etildi.

Chilonzor liniyasida poyezdlar endi 1,5–2 daqiqa oralig‘ida, O‘zbekiston liniyasida 3 daqiqagacha, Yunusobod liniyasida 4 daqiqagacha, yer usti halqa liniyasida esa 7–8 daqiqa oralig‘ida harakatlanmoqda. Bu qaror ertalab va kechqurun yo‘lovchilar oqimining oshishi bilan bog‘liq.

Metropoliten rahbariyati barcha 50 ta bekatda, ayniqsa, “Chilonzor”, “Paxtakor”, “Amir Temur xiyoboni”, “Alisher Navoiy” va “Beruniy” kabi gavjum bekatlarda qo‘shimcha navbatchilarni tayinladi. Ular yo‘lovchilarga yordam berish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga tezkor javob berish uchun mas’ul.

Metropoliten matbuot xizmati xabar berishicha, harakat jadvali yo‘lovchilar oqimiga qarab muntazam ravishda korrektirovka qilinadi.

Bundan tashqari, 7-sentabrdan boshlab talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek metro bekati – O‘zDJTU” yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Source: podrobno.uz