Toshkentda joylashgan “Bunyodkor” stadioni elektr energiyasidan to‘liq uzilgani ma’lum bo‘ldi. Bu qarzdorlik tufayli yuz bergan. Ob’ektda 4-sentabrdan beri elektr yo‘q.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) xabariga ko‘ra, uzilish sababli stadion hududida joylashgan PFL ofisi vaqtincha masofaviy ish rejimiga o‘tgan. Liganing serverlari butunlay elektrsiz qolgan, bu esa Superliga va Pro-liga o‘yinlari translyatsiyasi sifatiga, shuningdek, internet translyatsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Hozirda PFL o‘yinlardan televizion signalni qabul qilish va uzatish uchun tashqi serverlardan foydalanishga majbur. Tashkilotlar va fuqarolar vaqtincha murojaatlarni elektron pochta orqali yuborishlari so‘ralgan.
Avvalroq “Bunyodkor” stadioni xodimlariga 867 million so‘m miqdoridagi ish haqi qarzi to‘langani xabar qilingan edi. Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvidan so‘ng 49 nafar xodim o‘z mablag‘larini olgan.
Source: podrobno.uz