O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Live Rapid jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning reyting ko‘rsatkichi 2742,6 ochkoga yetdi. Bu haqda AН Podrobno.uz xabar berdi.
Sindarov darhol to‘rt pog‘onaga ko‘tarilib, 10,6 reyting ochkosini qo‘shdi. U Yan Nepomnyashchiy, Hikaru Nakamura va Alireza Firuzjani ortda qoldirdi. O‘zbekistonlik shaxmatchidan faqat Magnus Karlsen yuqoriroq o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonning yana bir vakili Nodirbek Abdusattorov esa bir pog‘onaga tushib, endi 13-o‘rinda bormoqda. Uning reytingi 2704,4 ochkani tashkil etadi. Shunday qilib, hozirda top-15da bir vaqtning o‘zida ikkita o‘zbek grossmeysteri joy olgan.
Live Rapid reytingi real vaqt rejimida yangilanadi, shuning uchun shaxmatchilarning o‘rni har bir o‘ynalgan partiyadan so‘ng o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi marta FIDE jahon reytingida oltinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz