️ Toshkentda kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik va kommunal-energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar yakunlari sarhisob qilindi. "Dolzarb 40 kun" aksiyasi doirasida shaharda 2 ming kilometr ariq tarmoqlari axlatdan tozalanib, 500 ming dona mevali, manzarali daraxtlar va gullar ko‘chatlari ekildi.
️ Elektr tarmoqlarini tiklash va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratildi. Ilgari elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergan 114 ta mahallada yangi transformatorlar o‘rnatilib, yana 443 ta obyekt ta’mirlandi. Bundan tashqari, mutaxassislar 600 kilometr elektr uzatish liniyalarini almashtirib, 2,5 ming dona yoritish ustunlarini soz holatga keltirdi.
️ Resurslardan noqonuniy foydalanishni to‘xtatish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish choralari sezilarli iqtisodiy samara berdi. Bir oy ichida poytaxtda 11 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 million kub metr tabiiy gaz tejashga erishildi. Elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlar deyarli 1 foizga kamaydi.
️ Mas’ul shaxslarga noqonuniy qurilishlar va tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanishlarni aniqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish topshirildi.
️ O‘zbekiston prezidenti bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Olmazor tumani misolida ko‘rib chiqilgan vazifalar Toshkentning barcha tumanlari uchun birdek dolzarb ekani ta’kidlanib, so‘ngra hokimlar va soha rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Source: podrobno.uz