O‘zgidromet xabariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha biroz iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati sentabr oyi o‘rtasiga xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘ladi.
Kechalari havo harorati +13…+18 daraja, kunduz kunlari +28…+33 daraja, janubda esa +35…+37 darajagacha ko‘tariladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 16-sentabr, chorshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-sentabrda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 14−17-sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida 14−17-sentabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +15…+18 daraja, kunduz kunlari +30…+33 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Source: www.gazeta.uz