Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

14-sentabr kuni soat 14:53 da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi davlat texnika universitetining asosiy binosi tomida yong‘in chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar bo‘yicha zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yong‘inni soat 15:57 da to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Yong‘in o‘chirish ishlarida bir necha bo‘linma jalb qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan va qurbonlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qayd etilishicha, universitet binosi tom qismida yuzaga kelgan yong‘in tez tarqalish xavfi bo‘lgan hududda joylashgan. Biroq qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli olov qisqa vaqt ichida nazorat ostiga olingan.

Hozircha yong‘in kelib chiqishiga oid rasmiy xulosa e’lon qilinmagan. Viloyat FVB tomonidan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Source: uznews.uz