Eron va Isroil havo bo‘shlig‘i vaqtincha yopilishi sababli bir nechta xalqaro reyslar yo‘nalishini o‘zgartirib, uchish aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha amal qiladi.
Xususan, Fly One Asia aviakompaniyasining Andijon — Madina yo‘nalishidagi 7Q4461 reysi uchish aeroportiga qaytdi. Shu aviakompaniyaning Madina — Toshkent yo‘nalishidagi 7Q342 reysi ham Madinaga qaytarildi.
Qanot Sharq aviakompaniyasining Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi HH901 reysi Toshkent aeroportiga qaytdi. Fly Khiva aviakompaniyasining Madina — Andijon yo‘nalishidagi 2U7706 reysi esa Madina aeroportiga qaytdi.
Bundan tashqari, Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda — Toshkent yo‘nalishidagi 9S3302 reysi Jidda aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Source: kun.uz