Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekistonda 1 martdan 15 avgustgacha ov mavsumi yopiladi. Bu cheklov yovvoyi hayvonlar va qushlarning ko'payish davrida himoya qilinishi va tabiiy muvozanatni saqlashga qaratilgan.

Foto: Kun.uz

Milliy ekologiya va iqlim o'zgarishi qo'mitasi ma'lum qilishicha, qo'mita hududiy boshqarmalar va soha tashkilotlari bilan doimiy reyd tadbirlarini o'tkazmoqda. Taqiq davrida ov qilish joriy qonunchilikka muvofiq qat'iy javobgarlikni keltiradi.

Qo'mita fuqarolarni yopiq ov mavsumida tabiatga g'amxo'r va mas'uliyatli munosabatda bo'lishga chaqirdi. Noqonuniy ov holatlari aniqlansa, 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 telefon raqamlariga, Telegram-bot ecogovuz_bot orqali yoki qo'mitaning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish mumkin.

Source: kun.uz