Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qashqadaryo viloyatining Kamashin tumanida joylashgan Odirmon yodgorligida arxeologlar diniy marosimlar bilan bog‘liq altar va noyob ossuariy — qadimiy suyak qoldiqlari saqlanadigan idishni topdilar. Bu haqda AN Podrobno.uz xabar bermoqda.

Topilmalar yodgorlikning shimoli-sharqiy qismida aniqlangan. Balandligi 70 santimetr, kengligi 90 santimetr bo‘lgan inshootda yong‘in izlari saqlanib qolgan. Uning poli kuygan plitka g‘ishtlar bilan qoplangan, atrofida esa qalinligi 3 santimetrgacha bo‘lgan loy suvoq qatlami mavjud. Bir necha marta yangilangan suvoq qatlamlari altardan uzoq vaqt foydalanilgani va muntazam ta’mirlanganidan dalolat beradi.

Ossuariyning tashqi yuzasida kiyik va archa daraxtiga o‘xshash naqshlar saqlanib qolgan. Restavratsiyadan so‘ng mutaxassislar tasvirlarni batafsil o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Odirmon yodgorligi miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davrga oid. Altar va ossuariy tadqiqotchilarga bu hududda yashagan qadimgi aholining diniy tasavvurlari, marosimlari va dafn etish an’analarini o‘rganishga yordam berishi mumkin.

Avvalroq arxeologlar Urgut tumanidagi Kurgantepa yodgorligida ilk o‘rta asrlarga oid gips haykalning boshini topgan edilar. Bu topilma qadimiy ibodatxona qoldiqlari orasidan olingan bo‘lib, 2024-yilda ham to‘rt qo‘lli xudo tasvirlangan devor rasmlari va loy haykal parchalari topilgan edi.

Source: podrobno.uz