Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida qiymati 1,5 milliard dollarga baholangan yangi "Uchtepa City" mikrorayoni barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimining o'rinbosari Sharof Raxmanov "O'zbekiston 24" telekanali efirida ma'lum qildi.

Loyihaning birinchi bosqichi uchun 37 gektar maydon ajratilgan. Ushbu hududda turar-joy kvartallari, biznes markazi, mehmonxonalar, savdo-ko'ngilochar majmualar va restoranlar qurish ko'zda tutilgan. Shuningdek, sayr va yashil zonalar ham yaratiladi.

Mikrorayon qurilishi doirasida mavjud muhandislik infratuzilmasini yangilash va yangi kommunikatsiyalar tortish rejalashtirilgan. Qurilish yakunlangach, yangi hududda 20 mingga yaqin ish o'rni yaratilishi kutilmoqda.

Raxmanovning so'zlariga ko'ra, loyihani amalga oshirishga yaqin orada kirishiladi. Investor sifatida Vetnamning ROX Group kompaniyasi ishtirok etmoqda. Avvalroq ushbu kompaniya O'zbekiston hukumat bilan mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edi.

Ma'lumot uchun, 11 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev ROX Group asoschisi An Tuan Chan bilan amaldagi va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan edi. Tomonlar alohida "yo'l xaritasi" asosida loyihalarni tezlashtirishga kelishib olganlar.

Source: podrobno.uz